- Bosh sahifa
- Bo‘sh ish o‘rinlari
- Mijozlar bilan ishlash menejeri
Mijozlar bilan ishlash menejeri
Talablar:
- Talab etiladigan ish tajribasi: 3–6 yil
- Sotuv sohasida hujjatlarni yuritishni bilish;
- Kompyuterdan ishonchli foydalanish
- Sotuv bo‘limida ish tajribasi;
- CRM tizimlarida ishlash tajribasi (afzallik hisoblanadi);
- 1С dasturida ishlash tajribasi (afzallik hisoblanadi);
- Mas’uliyatlilik, puxtalik, vaqtga rioya qilish, tashabbuskorlik
- Ma’lumoti: oliy
- Rus va o‘zbek tillarini bilish (savodli yozma va og‘zaki nutq);
- Kompyuterdan ishonchli foydalanish (MS Office, Excel, Word);
Vazifalar:
- Yangi va mavjud mijozlardan kelib tushgan so‘rovlarni (yangi uskunalar o‘rnatish, qayta o‘rnatish, ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa xizmatlar) qabul qilish va ko‘rib chiqish, ular uchun tijorat takliflari va rasmiy javoblar tayyorlash;
- Shartnomalarni tayyorlash va ularning bajarilishini nazorat qilish, so‘ng asl nusxalarini buxgalteriyaga topshirish;
- Birlamchi hujjatlarning asl nusxalarini (ishonchnomalar, hisobvaraq-fakturalar, bajarilgan ishlar dalolatnomalari va boshqalar) olish va imzolash bo‘yicha mijozlar bilan bevosita ishlash;
- Buxgalteriya va texnik bo‘limlar bilan birgalikda mavjud mijozlarga samarali xizmat ko‘rsatish;
- Ko‘rsatilgan servis xizmatlari qiymatini hisoblash, to‘lov hisoblarini taqdim etish va to‘lovlarni nazorat qilish.
Shartlar:
- Belgilangan oylik maosh + sotuvlardan bonuslar.
- Ijtimoiy paket mavjud (tushlik, korporativ aloqa, fitnes)
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish
- Ish jadvali: 5/2, 9:00–18:00 (tushlik tanaffusi 13:00–14:00)
- Ish Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘ylab joylarga chiqishni talab etadi. Transport taqdim etiladi.
Fotosuratli rezyumeni hr@imgroup.uz elektron manziliga yuboring yoki quyidagi shakl orqali jo‘nating.
